Skip to main content
Yangiliklar

Poytaxtimizda “Elchi kubogi” turnirining ochilish marosimi bo’lib o’tdi

By 22.09.2018September 24th, 2018No Comments
Xabar berib o’tganimizdek, poytaxtimizda taekvondo bo’yicha o’smirlar o’rtasida Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun musobaqa boshlandi.

Bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda Milliy olimpiya qo’mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi.

Marosimda so’zga chiqqanlar musobaqa ishtirokchilariga omad tilab, yurtimizda Koreya Respublikasining milliy sporti hisoblangan taekvondo tobora rivoj topib borayotgani, bunga misol sifatida Indoneziyadagi Osiyo o’yinlarida o’zbekistonlik taekvondochilarning qayd etgan natijalarini keltirib o’tishdi.

Koreya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulotda va muxtor elchisi janob Kvon Yon Uning o’zbek tilida bildirgan tilaklari esa yig’ilganlarning davomli olqishiga sazovor bo’ldi.

SHundan so’ng davraga Koreyadan tashrif buyurgan jahonga mashhur “Kukkivon” klubi sportchilari chiqib kelishdi va o’zlarining ko’rgazmali chiqishlarini namoyish etishdi. Taekvondo sportining ajoyib harakatlari aks etgan turli chiqishlar yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Bugun ushbu ajoyib chiqishlarni ko’ra olmaganlar ertaga, 23 sentyabr kuni musobaqaning yopilish marosimida ushbu tomosha guvohiga aylanishlari mumkin.

Turnir davom etmoqda. Bellashuvlar ertaga nihoyasiga etadi.