Skip to main content
Tadbirlar

6-aprel – Xalqaro Sport kuni!

By 06.04.2024No Comments

Bugun 6-aprel, butun dunyoda Xalqaro Sport kuni sifatida keng nishonlanadi.

2013-yilning 23-avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasida bir ovozdan 6- aprel sanasini Taraqqiyot va tinchlik yo‘lida Xalqaro Sport kuni (International Day of Sport for Development and Peace) sifatida nishonlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

O‘sha tarixiy kunda BMT sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun jahon hamjamiyatiga murojaat yo‘llagan edi:

“Sayyoramizning har bir fuqarosini bugun biz boshlagan harakatni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Sportga oshno bo‘ling va safimizning kengayishiga xizmat qiling! Aynan sport hayotimizni yanada yorqinlashtiradi”.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi bugungi kun bilan barcha sportchilar xususan taekvondochilarni tabriklaydi!