Skip to main content
Yangiliklar

“Elchi kubogi” yakunlandi

By 24.09.2018No Comments

Poytaxtimizda taekvondo WTF bo’yicha Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchisi kubogi uchun o’tkazilgan musobaqa nihoyasiga etdi.

Turnirda Respublikamizning turli hududlaridan 350 nafarga yaqin o’smir sportchi ishtirok etdi. Taekvondo WTF associaciyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida bo’lib o’tgan bahslar yakuniga ko’ra, umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi birinchi bo’ldi. Ikkinchi o’rindan Farg’ona viloyati sportchilari joy olgan bo’lsalar, Toshkent viloyati taekvondochilariga uchinchi o’rin nasib etdi.

Musobaqa yakunlangach, bir qancha yo’nalishlar bo’yicha eng yaxshilar aniqlandi:

Eng yaxshi murabbiy: S.Nazaraliev
Eng yaxshi hakam: N.Kamchibekova
Eng yaxshi sportchi: (o’g’il bolalar): A.O’ktamov
Eng yaxshi sportchi: (qizlar): R.SHarofiddinova.