Skip to main content
Yangiliklar

Taekwondo WT Osiyo chempionatining birinchi kunida sportchilarimizdan oltin va ikkita bronza

By 26.05.2018July 7th, 2018No Comments

Vyetnamning Xoshimin shahrida taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanganligi haqida xabar bergandik. Biroz avval birinchi kun dasturidan o‘rin olgan musobaqalar yakuniga yetdi.

74kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi.

Erkaklar o‘rtasida 58kg vazn toifasida Niyoz Po‘latov, qizlar o‘rtasida esa 46kg vaznli Madina Mannopova bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Ertangi bahslarda yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:

Erkaklar:

  • 63kg: Sardor Toirov
  • 80kg: Maksim Rafalovich
  • 87kg: Jasur Boyqo‘ziyev

Ayollar:

  • 53kg: Dinoraxon Mamadibragimova
  • 67kg: Nigora Tursunqulova