Yangiliklar

27 may kuni taekwondo (WT) bo‘yicha Vyetnamning Xoshimin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Chempionatida milliy terma jamoamiz sportchilaridan:

By 27.05.2018 No Comments

Erkaklar jamoasidan 63 kg vazn ostida Toirov Sardor va Rafalovich Maksim (80 kg.) lar bronza medali bilan taqdirlangan bo‘lsalar, 87 kg vaznda Baykuziyev Jasur esa kumush medali sohibi bo‘ldilar.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda esa xamyurtimiz 67 kg vaznda Tursunkulova Nigora Osiyo Chempionatining g‘olibasi ya’ni oltin medali bilan taqdirlanib, shoxsupaning birinchi o‘rnini egalladi.

Ertaga yana xushxabarlar eshitamiz degan niyat va umiddamiz, boisi terma jamoamiz sportchilaridan Shokin Dmitriy 87 kg va undan ortiq vaznda hamda Osipova Svetlana 73 kgdan ortiq vaznda musobaqalarda ishtirok etadilar. Kelinglar barchamiz ertaga bo‘lib o‘tadigan baxslarda sportchilarimiz sovrinli o‘rinlarni olishlariga ishonch bildirib, ularga omadlar tilab qolaylik.