Skip to main content
Yangiliklar

Takevondochilarimiz AQSHdagi “President‘s CUP” reyting musobaqasini 3 ta medal bilan yakunlashdi

By 16.10.2018No Comments

Amerika Qo’shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida G-2 turkumiga kuruvchi “President’s CUP” xalqaro reyting musobaqasi yakunlandi.

Avvalroq, yigitlar o’rtasidagi bahslarda Jasurbek Jaysunov (-68 kg) barcha raqiblarini mag’lubiyatga uchratib, oltin medalni qo’lga kiritganligi haqida xabar bergandik.

Quvonarlisi, turnirda ishtirok etgan yana ikki nafar hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi. Qizlar o’rtasidagi bellashuvlarda -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Madina Mirabzalova musobaqa finaliga etib bordi va kumush medalga ega chiqdi. Osiyo o’yinlari sovrindori, -49 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Madina Mannopova esa musobaqaning bronza medaliga sazovor bo’ldi.

SHu tariqa, taekvondochilarimiz Tokio 2020 Olimpiya o’yinlari litsenziyasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqani 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunladilar.