Skip to main content
Yangiliklar

Maksim Rafalovich – Moskva Gran-prisi sovrindori!

By 13.08.2018September 22nd, 2018No Comments

Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida taekvondoning olimpiya oilasiga mansub yo’nalishi bo’yicha nufuzli Gran-pri musobaqasi bo’lib o’tdi.

Unda Akmal Ergashev murabbiyligidagi ikki hamyurtimiz – Maksim Rafalovich hamda Umida Abdullaeva ishtirok etdi. Abdullaeva musobaqada medalsiz qolgan bo’lsa, Rafalovich shoxsupaning uchinchi pog’onasiga ko’tarildi.

Maksim Moskva Gran-prisining bronza medalini qo’lga kiritish barobarida 1000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega bo’ldi.