Skip to main content
Tadbirlar

“Yoshlar kuni” muborak bo‘lsin!

By 30.06.2024No Comments

Bugun, 30-iyun — yurtimizda Yoshlar kuni keng tantana qilinyapti. Shu munosabat bilan O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi navqiron avlod vakillari hisoblangan kelajagimiz egalarini samimiy muborakbod etadi.

Aziz yoshlar, siz ona Vatanimizning, elu yurtimizning mustahkam ishonchi, porloq kelajagi, ertamizning umidisiz! Yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchini oqlashingizda zafarlar tilaymiz!

Buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lib, yangi O‘zbekistonimizning yangi marralarini zabt etishingizdan umidvormiz.