Skip to main content
Yangiliklar

Yosh taekvondochilarimiz “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketishdi

By 25.06.2024June 28th, 2024No Comments

Xabar berganimizdek, ertaga Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari start oladi.

7-iyulga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Jamoamiz tarkibi:

Behruz Salimov (48 kg)
Omadbek Otabekov (55 kg)
Jahongir Serikbayev (63 kg)
Axadjon Muxtorov (73 kg)
Xudoynazar Shodmonov (+73 kg)
Valeriya Xegay (44 kg)
Sofiya Xan (49 kg)
Mubina Bobosaidova (55 kg)
Zilola Ma’mirova (63 kg)
Feruza Ernazarova (+63 kg).

Murabbiylar: Konstantin Li, Abubakir Rasulov.