Skip to main content
Yangiliklar

“Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarining taekvondo bahslaridagi ilk kunida 2 ta oltin va 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritdik!

By 27.06.2024No Comments

Bugun Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida davom etayotgan “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari doirasida taekvondo bellashuvlariga start berildi.

Kun davomida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 5 nafar vakili dayanga ko‘tarildi. Ahamiyatlisi, sportchilarimiz musobaqaning birinchi kunida 2 ta oltin va 2 ta kumush medaliga ega chiqdi.

Oltin:

Behruz Salimov (48 kg)
Omadbek Otabekov (55 kg).

Kumush:

Jahongir Serikbayev (63 kg)
Feruza Ernazarova (+63 kg).

Shuningdek, yana bir sportchimiz Zilola Ma’mirova esa bronza medali uchun kechgan bellashuvda afsuski, ozarbayjonlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.