Skip to main content
Yangiliklar

“Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarining bugungi kunida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo’lga kiritdik. Musobaqani umumjamoa hisobida birinchi o’rinda yakunladik!

By 28.06.2024No Comments

Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida davom etayotgan “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari doirasida taekvondo bellashuvlari bugun o’z nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning yakuniy kunida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 5 nafar vakili dayanga ko‘tarildi. Quvonarlisi, sportchilarimiz bugun 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Musobaqada g’olib va sovrindor bo’lgan sportchilarimiz:

Oltin:

Behruz Salimov (48 kg)
Omadbek Otabekov (55 kg)
Axadjon Muxtorov (73 kg)
Sofiya Xan (49 kg).

Kumush:

Jahongir Serikbayev (63 kg)
Xudoynazar Shodmonov (+73 kg)
Feruza Ernazarova (+63 kg).

Bronza:

Valeriya Xegay (44 kg)
Mubina Bobosaidova (55 kg).

Eng ahamiyatlisi, sportchilarimiz musobaqada 4 ta oltin, 3 ta kumush hamda 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida Rossiya va Belarus terma jamoalarini ortda qoldirib, peshqadam bo‘ldi!.