Skip to main content
Yangiliklar

“Osiyo bolalari” musobaqasida tengsiz bo‘lgan yosh taekvondochilarimiz e’tirof etildi

By 29.06.2024No Comments

Kecha Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari doirasida taekvondo musobaqasi yakunlangan edi.

Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jami 10 nafar sportchi bilan ishtirok etib, yakunda 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu natija orqali sportchilarimiz nufuzli musobaqada 14 ta terma jamoa orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbek taekvondosining kelajagi bo‘lgan yosh sportchilarimiz “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarining rasmiy kundalik jurnali tomonidan ham e’tirof etilganini ta’kidlash lozim.