Skip to main content
Yangiliklar

Kun tarixi. Ikki yil oldin aynan shu kunda O‘zbekiston taekvondochilari Osiyo chempionatida super natija qayd etgan edi!

By 27.06.2024June 28th, 2024No Comments

2022-yilning 27-iyun kunida Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha XXV Osiyo chempionati yakuniga yetgandi.

Musobaqada O‘zbekiston taekvondo WT terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan va umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egallagan edi.

Oltin:
Ulug’bek Rashitov
Jasurbek Jaysunov
Shuhrat Salayev
Nikita Rafalovich.

Kumush:
Charos Qayumova.

Bronza:
Feruza Sodiqova
Svetlana Osipova.

Bungacha mustaqil O‘zbekiston tarixida hech qachon Osiyo chempionatida 4ta oltin medal qo‘lga kiritilmagan edi. Shuningdek, terma jamoamiz bosh murabbiyi Pavel Xan musobaqada “eng yaxshi murabbiy”, Jasurbek Jaysunov esa “eng yaxshi sportchi” deb topilgan edi.