Skip to main content
Yangiliklar

Kun tarixi. 2021-yilning aynan shu kunida taekvondochilarimiz rekord o’rnatib, Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashgan edi

By 16.06.2024June 28th, 2024No Comments

2021-yil, 16-iyun kuni Livanda taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga yetgandi.

Unda o‘zbekistonlik taekvondochilar 3ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritishgandi. Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagandi.

Bizdan faqatgina Koreya Respublikasi terma jamoasi yaxshiroq natija ko‘rsatgan xolos. Vakillarimiz Eron, Iordaniya, Xitoy Taypei, Qozog‘iston kabi davlat sportchilarini ortda qoldirishgandi.