Skip to main content
Yangiliklar

Toshkentda beshta davlat terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yuqori ruhda davom etmoqda!

By 07.05.2024No Comments

Xabar berganimizdek, shu kunlarda taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Toshkent shahrida Tunis, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston va Tojikiston terma jamoalari bilan hamkorlikda xalqaro-o‘quv mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Mashg‘ulotlar kunlik tarzda ikki mahaldan tashkil etilmoqda. Yig‘in avval xabar berganimizdek, 13-mayga qadar davom etadi.

Ta’kidlash joiz, mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini terma jamoamiz sportchilari uchun Osiyo chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab beradi. Mashg’ulotlarda har bir terma jamoaning yetakchi taekvondochilari, jumladan, Parij-2024 Olimpiadasi litsenziantlari ishtirok etayotganini alohida qayd etish lozim.