Skip to main content
Tadbirlar

O‘zbekistonlik ilk ayol Jahon chempioni — Svetlana Osipovani tabriklaymiz!

By 03.05.2024May 7th, 2024No Comments

Bugun taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi, jahon chempioni Svetlana Osipova o’z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Svetlana Osipova 2000-yil 3-may kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug’ilgan. Qahramonimiz ayollar o‘rtasida eng yuqori vazn toifasida (+73 kg) qator g‘alabalarga erishib kelmoqda. Jumladan, 2017-yil (Turkmaniston) Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida kumush, Bokuda o‘tgan Islom birdamligi o‘yinlari hamda 2018-yil Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida bronza medali sohibiga aylandi. Mahoratli taekvondochimiz 2019-yil Yaponiyaning Chiba shahrida o‘tkazilgan Gran-pri turnirida ham shohsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgan. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

2022-yil atletimiz uchun ancha sermahsul o‘tgan. Jumladan, Janubiy Koreyada o‘tgan Osiyo chempionatida bronza, Konya-2021 Islom birdamligi o‘yinlari va Meksikada o‘tgan jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘lgan. Shu tariqa, Osipova o‘zbekistonlik taekvondochi qizlar orasida jahon chempionatida g‘alaba qozongan birinchi sportchiga aylangan. 2022-yil yakunida esa u “O‘zbekistonning eng yaxshi ayol sportchisi” unvoniga loyiq ko‘rilgan. Osipova 2023-yilda Usi “Katta dubulg’a” turniri, Jahon chempionati, Chendu Universiadasi, Xanchjou-2022 Osiyo o’yinlari hamda “WT President’s Cup” turnirida sovrindorga aylandi va ilk bor reyting ochkolari orqali to’g’ridan-to’gri Parij-2024 Olimpiadasiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi Svetlana Osipovani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga sihat-salomatlik va yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.