Skip to main content
Yangiliklar

Sportchilarimiz Jahon chempionatida kuchlilar qatorida bo‘ldi!

By 02.04.2024No Comments

Joriy yilning 25-30 mart kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida taekvondo WT bo‘yicha kar va zaif eshituvchi sportchilar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi👏

G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin:

Xojiakbar Hakimov (-54 kg)
Shohruz Abdurahmonov (-63 kg)
Muhammad Usmonov (-74 kg)
Dilbar Tojiboyeva (-46 kg).

Bronza:

Anvar Xolboyev (-54 kg)
Xojiakbar Saidmurodov (-80 kg)
Asal Haitboyeva (-46 kg)
Shahrizoda Nuriddinova (-49 kg).

Ushbu natija orqali sportchilarimiz Jahon chempionatida umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.