Skip to main content
Tadbirlar

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

By 10.04.2024May 2nd, 2024No Comments

Bugun yurtimizda muborak Ramazon hayiti nishonlanmoqda.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi nomidan barchani Ramazon hayiti bilan muborakbod etamiz.

Ramazon hayiti islomdagi eng muqaddas bayramlardan biri hisoblanib, bag‘rikenglik, birodarchilik va rahm-shafqat ramzi hisoblanadi. Har bir musulmon bu muborak kunni intiqlik bilan kutadi. O‘zbek xalqining har bir xonadonida fayzu-barokatlar arimasin, boshi to‘ydan chiqmasin, nimaiki ezgu niyatlari bo‘lsa ijobatini bersin. Barcha sog‘-salomat bo‘lib, keyingi yilga ham bag‘ri butunlikda ushbu muborak bayramni kutib olish nasib etsin.

Aziz yurtdoshlar, Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!