Skip to main content
Tadbirlar

Jasurbek Jaysunovni tabriklaymiz!

By 19.04.2024May 2nd, 2024No Comments

Bugun taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jasurbek Jaysunov o’z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Jaysunov 2019-yil yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi, kattalar o‘rtasida “Russia Open”, “Fujeirah Open” oltin medallari, “Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi”, “Turkish Open” musobaqasi kumush medali, Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bronza medali, Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi hamda Tayyuan Gran-Prisining bronza medali sohibi hisoblanadi. “Osiyoning eng yaxshi sportchisi” unvoniga sazovor bo’lgan sportchimiz o’tgan yili jamoaviy hamda mikst-jamoaviy dasturlarda Osiyo o’yinlari va Usi “Katta dubulg’a” turniri sovrindoriga aylandi. U bu yil Parij-2024 Olimpiya o’yinlarida ishtirok etadi!

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Jasurbek Jaysunovni tavallud ayyomi bilan tabriklaydi va kelajakdagi musobaqalarda, xususan Parij-2024 Olimpiadasida omad yor bo‘lishini tilaydi.