Skip to main content
Tadbirlar

Aleksandr Kimni tabriklaymiz!

By 05.04.2024April 7th, 2024No Comments

Bugun taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Aleksandr Kimning tug‘ilgan kuni.

Aleksandr Kim 1965-yilning 5-aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisimiz ko‘p yillar davomida taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini boshqarib kelgan. Aleksandr Kim O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi va “Yilning eng yaxshi murabbiyi” (2015) va “Yilning eng yaxshi hakami (2023) unvonlarini qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Aleksandr Kimni tavallud ayyomi bilan tabriklaydi va kelajakdagi musobaqalarda omad yor bo‘lishini tilaydi.