Skip to main content
Yangiliklar

Yurtimizda yirik xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini start olmoqda!

By 21.03.2024No Comments

Xabaringiz bor, taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 10-aprel kuniga qadar Toshkent viloyatida joylashgan “Yangiobod sport bazasi”da bir necha mamlakatlar ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o’tkaziladi.

Yig‘inda hamyurtlarimizdan tashqari, Rossiya va Iordaniyadan tashrif buyurgan sara taekvondochilar qatnashadi.

Bugun tushdan so’ng Rossiya terma jamoasi mazkur xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish maqsadida katta tarkibda Toshkentga yetib keldi. Shuningdek, biroz oldin iordaniyalik taekvondochilar ham “Toshkent xalqaro aeroporti”da kutib olindi.