Skip to main content
Yangiliklar

“Prezident Kubogi” jamoaviy musobaqasida Toshkent viloyati taekvondochilari tengsiz!

By 04.03.2024No Comments

Xabar berganimizdek, bugun Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan “Yoshlik” sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” jamoaviy musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlar jamoalari ishtirok etdi.

Musobaqada Toshkent viloyati taekvondochilariga teng keladigani topilmadi. Buxorodan tashrif buyurgan sportchilar kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, namanganlik taekvondochilar “Prezident kubogi”ni uchinchi o‘rinda yakunladi.

Oltin: Toshkent viloyati
Kumush: Buxoro
Bronza: Namangan

Qayd etish joiz, bu O‘zbekistonda taekvondo WT bo‘yicha 2024 yil hisobidan o‘tkazilgan ilk mahalliy musobaqa bo‘ldi.