Skip to main content
Tadbirlar

O’zbek taekvondosi tarixida yangi sahifa ochgan Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitovni tabriklaymiz!

By 23.03.2024March 25th, 2024No Comments

Bugun taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Tokio Olimpiadasi chempioni, Osiyo o’yinlari g’olibi, Jahon chempionati sovrindori, shuningdek, bir qancha nufuzli xalqaro turnirlar g’olib va sovrindori, “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Ulug‘bek Rashitov o’z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi 22 yoshga qadam qo‘ygan Ulug‘bek Rashitovni ushbu quvonchli sana munosabati bilan tabriklaydi va kelajakdagi musobaqalarda, jumladan Parij-2024 Olimpiya o’yinlarida omad yor bo‘lishini tilaydi.