Skip to main content
Yangiliklar

Milliy terma jamoamiz to‘liq tarkibda Parij-2024 Olimipiya o‘yinlarida ishtirok etadi!

By 15.03.2024No Comments

Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Osiyo litsenzion turniri o‘tkazilmoqda.

Musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar a’zosi — Jasurbek Jaysunov (-80 kg) va Ozoda Sobirjonova (-67 kg) ishtirok etdi.

Quvonarlisi, har ikki sportchimiz o‘z janglarida g‘alaba qozonib, to‘rt yillikning eng muhim kompleks musobaqasi uchun litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, Xitoydagi musobaqadan so‘ng milliy terma jamoamizdagi yo‘llanmalar soni to‘liq bo‘ldi – 4 ta. Bu natija Tokio-2020 Olimipiya o‘yinlarida ham sodir bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari dasturiga ko’ra, taekvondo WT sport turida ayollar va erkaklar 4 tadan vazn toifasida ishtirok etadi. Har bir mamlakat federatsiyasi o‘z ixtiyoriga ko‘ra ayollar va erkaklar orasidan 2 tadan vazn toifasida yo‘llanmalar uchun qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq terma jamoamizning ikki nafar a’zosi — Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) hamda Svetlana Osipova (+67 kg) reyting ochkolari orqali Parij-2024 chiptasiga ega chiqqan edi.

Shu tariqa, Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o’yinlarida terma jamoamiz to’liq tarkibda ishtirok etadigan bo’ldi:

-68 kg: Ulug’bek Rashitov
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova.