Skip to main content
Yangiliklar

Rahbariyat murabbiylar shtabi bilan birgalikda Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion turnirga tayyorgarlik masalasini muhokama etdi

By 29.02.2024No Comments

Kecha O‘zbekiston taekvondo assosiatsiyasida O‘zbekiston sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hamda assosiatsiyamiz raisi Sherzod Tashmatov hamda O’zbekiston sport vazirligining Oliy sport yutuqlari boshqarmasi boshlig’i Akrom Nizametdinov ishtirokida yaqinlashib kelayotgan Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion musobaqaga tayyorgarliklar yuzasidan suhbat tashkil etildi.

Milliy terma jamoa murabbiylar shtabi bilan bo‘lgan suhbatda sportchilarning yaqinlashib kelayotgan litsenzion musobaqa uchun tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi va ularga ushbu litsenzion musobaqada yuqori natijalar qayd etish yo’lida kerakli ko’rsatmalar berildi.