Skip to main content
Yangiliklar

O’zbek taekvondosida yangi tarix: “Fujayra Open” turnirini 10 ta medal, jumladan 6 ta oltin bilan yakunladik!

By 04.02.2024February 12th, 2024No Comments

Biroz oldin, terma jamoamizning yetti nafar a’zosi musobaqa finaliga yo’l olgani haqida xabar bergan edik.

Quvonarlisi, ularning olti nafari finalda g’alaba qozongan holda birinchi o’rinni egalladi. -74 kg vazn toifasidagi hal qiluvchi bellashuv esa hamyurtlarimiz Ulug’bek Rashitov va Najmiddin Qosimxojiyev o’rtasida kechdi. Bu bahsda Rashitov oltin, Qosimxojiyev esa kumush medalga ega chiqdi.

Shunday qilib, terma jamoamiz “Fujayra Open-2024” turnirini yuqori kayfiyatda, a’lo natijalar bilan yakunladi.

Oltin:

Jahongir Xudoyberdiyev (-54 kg)
Diyorbek To’xliboyev (-68 kg)
Ulug’bek Rashitov (-74 kg)
Jasurbek Jaysunov (-80 kg)
Ozoda Sobirjonova (-67 kg)
Iroda Mirtojiyeva (+73 kg)

Kumush:

Najmiddin Qosimxojiyev (-74 kg)

Bronza:

Mavlonbek To’xtasinboyev (-80 kg)
Nikita Rafalovich (+87 kg)
Feruza Sodiqova (-67 kg).

Shu tariqa, milliy terma jamoamiz “Fujayra Open-2024” xalqaro turnirini 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medal bilan yakunladi. Bu terma jamoamizning “Open” turkumidagi turnirlarda qayd etgan eng yaxshi natijasi bo’ldi.

Yangi tarix yaratayotgan taekvondochilarimiz, murabbiylar shtabi va siz aziz muxlislarni ushbu natija bilan tabriklaymiz!