Skip to main content
Yangiliklar

Taekvondo WT bo’yicha kattalar o’rtasida navbatdagi Jahon chempionati mezboni ma’lum bo’ldi!

By 03.01.2024February 12th, 2024No Comments

Xabaringiz bor, taekvondo WT bo’yicha kattalar o’rtasida navbatdagi Jahon chempionati 2025-yilda tashkillashtiriladi. Butunjahon taekvondo assosiatsiyasi mundial mezbonligini Xitoyning Usi shahriga topshirdi.

Aslida, 2021-yilgi Jahon chempionati Usi shahrida o’tkazilishi kerak edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli ushbu musobaqa bekor qilingan edi va 2022-yilda Meksikada tashkil etilgan edi. Endilikda taekvondo olamidagi ushbu yirik shahar 2025-yilgi mundialni o’zida qabul qiladigan bo’ldi.

Eslatib o’tamiz, kattalar o’rtasidagi so’nggi Jahon chempionati 2023-yilning 29-may-6-iyun kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida o’tkazilgan edi.