Skip to main content
Tadbirlar

MOQ 32 yoshda!

By 21.01.2024February 12th, 2024No Comments

Bugun 21-yanvar, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil etilganiga roppa-rosa 32 yil to‘ldi. MOQ ortda qolgan davr mobaynida mamlakatimizda olimpizmning pok va ezgu qadriyatlarini, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lida faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston MOQ 1993-yil Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 101-Sessiyasida rasman tan olingach, mamlakatimiz delegatsiyasi 7 ta yozgi va 8 ta qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashdi. Ayni damda Qo‘mitamizning butun e’tibori davlatimizning bevosita qo‘llab-quvvatlashi bilan sportchilarimizni joriy yil Fransiyaning Parij shahrida o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga puxta tayyorlash va ularning munosib ishtiroklarini ta’minlashga qaratilgan.

O’zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi bugungi sana munosabati bilan yurtimizdagi Olimpiya harakatining barcha ishtirokchilari, sport federatsiya va assosiatsiyalarini, atletlarimiz va ularning murabbiylarini, sog‘lom turmush tarzi tarafdorlarini, shuningdek Milliy Olimpiya qo’mitasi hodimlarini samimiy qutlaydi.