Skip to main content
Tadbirlar

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Vatanimiz himoyachilari!

By 14.01.2024February 12th, 2024No Comments

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan barchani chin dildan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu qutlug‘ ayyom tom ma’nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo‘lgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan Sizni va oila a’zolaringizni yana chin yurakdan tabriklaymiz.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi