Skip to main content
Yangiliklar

Xushxabar! Taekvondochilarimiz Parij-2024 Olimpiadasining aralash jamoaviy dasturida ko‘rgazmali chiqishda ham qatnashishadi

By 19.12.2023February 12th, 2024No Comments

Taekvondo WT bo‘yicha aralash jamoaviy yo‘nalishi yirik kompleks musobaqalar dasturiga kiritilmoqda. Ushbu yo‘nalish Parij-2024 ga ko‘rgazmali dastur sifatida kiritilgan bo‘lsa, Los-Anjeles-2028 Olimpiadasidan boshlab medallar jamlanmasi o‘ynalishi kutilmoqda.

Bugun Xitoyda yakuniga yetgan Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasining qo‘lga kiritgan kumush medali katta ahamiyatga ega. Boisi, terma jamoa tarkibida Ulug‘bek Rashitov, Svetlana Osipova kabi yetakchilar ishtirok etishmagan bo‘lsa ham, bellashuvlar davomida ushbu sport vatani bo‘lmish Janubiy Koreya jamoasi mag‘lub etildi. Jangovar tarkibda qatnashgan Xitoy bilan tengma teng raqobat olib borildi.

Jahon kubogidagi natija sportchilarimizga Parij-2024 Olimpiadasi doirasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmali dasturda qatnashish imkoniyatini taqdim qildi. Unda faqatgina Fransiya, O‘zbekiston, Xitoy va Janubiy Koreya jamoalari o‘rtasida bahs kechadi.