2-6-avgust kunlari Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT bo‘yicha xalqaro “Kimunyong Cup” turniri o’tkaziladi.
Musobaqa G1 tasnifida tashkil etilmoqda, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.
Mazkur xalqaro musobaqaning bugungi bellashuvlarida O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Charos Qayumova (-53 kg) ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, Charos o’z vaznidagi barcha raqiblarini yengib, musobaqa g’olibiga aylandi.
Mazkur vaznda birinchi raqamli sportchi sifatida tasniflangan Charos oltin medal bilan birgalikda 10 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi.