Skip to main content
Yangiliklar

Tarix yaratishda davom etamiz!

By 05.08.2023No Comments

Kecha Chendu-2021 XXXI Butunjahon yozgi Universiadasida taekvondo WT bahslari yakunlandi. Xabaringiz bor, mazkur nufuzli musobaqada O’zbekiston taekvondo WT terma jamoasi ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari tariximizdagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Bungacha o’tkazilgan Universiada musobaqalarida hamyurtlarimiz jami 2 ta medalga ega chiqishgan edi.

Bu yilgi musobaqaning o’zida esa vakillarimiz 5 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo’lga kiritib, tariximizdagi eng yaxshi natijani qayd etishdi.

Shuningdek, terma jamoamiz Chendu Universiadasida O’zbekiston delegastiyasi hisobiga eng ko’p medallarni taqdim etganini ham ta’kidlash lozim.

Sovrindorlarimiz:

🥈Amirbek To’rayev
🥈Omonjon Otajonov
🥈Shuhrat Salayev
🥈Feruza Sodiqova
🥈Ayollar terma jamoamiz (Mannopova, Mirabzalova, Sodiqova, Sobirjonova)
🥉Najmiddin Qosimhojiyev
🥉Svetlana Osipova.

Ma’lumot uchun, Chendu Universiadasida tarixiy natija qayd etgan terma jamoamiz 7-avgust kuni 11:00 da Toshkentga qaytib keladi.