11-13 avgust kunlari Nukus shahrida joylashgan 1-sonli sport maktabida taekvondo WT sport turi bo’yicha o’smir, kadet hamda yosh sportchilar o’rtasida Qoraqalpog’iston Respublikasi ochiq chempionati o’tkazildi.
Ushbu musobaqaga Nukus shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasidagi barcha tumanlar, Qozog’iston Respublikasi, Toshkent shahri, Jizzax, Farg’ona, Samarqand, hamda Xorazm viloyatlaridan 450 ga yaqin sportchilar ishtirok etib, g’oliblik uchun kurash olib bordi.