Skip to main content
Yangiliklar

Namangan viloyati taeakvondochilari Koreya Respublikasida o’tkazilgan xalqaro musobaqada ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdi!

By 06.08.2023No Comments

Avvalroq, 2-6-avgust kunlari Koreya Respublikasining Muju shahrida G1 tasnifiga kiruvchi “Kimunyong Cup” xalqaro taekvondo chempionati o’tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Mazkur musobaqada O’zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi Namangan viloyati terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli musobaqa doirasida quyidagi sportchilar g’olib va sovrindorlikni qo’lga kiritdi:

Kattalar:

Kumush: +87 kg: Diyorbek Mo’ydinov
Bronza: -67 kg: Gulsanam Alijonova

O’smirlar:

Oltin: -68 kg: Xojiakbar Abdurasulov
Oltin: -55 kg: Asadbek Soataliev
Oltin: -42 kg: Gulshanoy Ismoilova
Bronza: -73 kg: Nursulton Hakimov

Kadetlar:

Oltin: -61 kg: Dilmurod Samijonov.

Shunday qilib, Namangan viloyati taekvondochilari “Kimunyong Cup” xalqaro musobaqasini umumiy hisobda 4 ta oltin, 1 ta kumush hamda 2 ta bronza medali bilan yakunladi.