Skip to main content
Yangiliklar

O’zbekiston Taekwondo WT Assosiatsiyasi Namangan viloyati taekwondochilari Koreya Respublikasidan umumiy 13 ta medal bilan qaytishdi!

By 16.08.2023No Comments

Sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yaqinlari hamda murabbiylari tomonidan ko’tarinki ruhda kutib olindi.

Xabar berganimizdek, 2-6-avgust kunlari Koreyaning Muju shahrida “Kimunyong Cup G1” va 11-12-avgust kunlari Chuncheon shahrida G-2 tasnifiga kiruvchi “Korea Open” xalqaro musobaqasi bo’lib o’tdi.

Ushbu nufuzli musobaqalarda O’zbekiston taekvondo assosiatsiyasi Namangan viloyati taekvondochilari umumiy hisobda 13 ta medalni qo’lga kiritishdi:

Kattalar:

+87 kg: Diyorbek Mo’ydinov (1 ta kumush)
-67 kg: Gulsanam Alijonova (2 ta bronza)

O’smirlar:

-44 kg: Gulshanoy Ismoilova (1 ta oltin, 1 ta kumush)
-55 kg: Asadbek Soataliyev (1 ta oltin, 1 ta kumush)
-68 kg: Xojiakbar Abdurasulov (1 ta oltin, 1 ta bronza)
-61 kg: Dilmurod Samijonov (1 ta oltin, 1 ta bronza)
-73 kg: Nursulton Hakimov (1 ta kumush, 1 ta bronza).