Skip to main content
Yangiliklar

Chendu-2021: Taekvondo bahslarining so’nggi kunida jamoaviy bellashuvlar guvohiga aylanamiz!

By 03.08.2023No Comments

Ertaga Chendu Universiadasi doirasida taekvondo WT dasturining so’nggi kunidan o’rin olgan bellashuvlar o’tkaziladi. Musobaqa reglamentiga ko’ra, ertangi bahslar jamoaviy dasturda tashkil etiladi. Har bir terma jamoa o’z ishtirokini nimchorak finalda boshlaydi.

Qur’a natijalariga ko’ra, ayollar terma jamoamiz birinchi bo’lib, AQSH vakilalariga qarshi dayanga chiqadi. Erkaklar terma jamoamiz esa ilk bosqichdayoq koreyalik raqiblariga qarshi jang qiladigan bo’ldi.

Ertangi bahslarda ishtirok etadigan ayollar hamda erkaklar jamoamizning tarkibi bilan tanishing:

Ayollar:
-49kg: Madinabonu Mannopova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
-57 kg: Madina Mirabzalova

Erkaklar:
-74 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
-68 kg: Diyorbek Tuxliboyev
-80 kg: Shuhrat Salayev
-63 kg: Behruzbek Isayev.

Ma’lumot uchun, ertangi bahslar ham Toshkent vaqti bilan 06:00 da start oladi.