Skip to main content
Yangiliklar

Chendu-2021. Ertaga yakkalik bahslarining so’nggi kunida 4 nafar sportchimizga muxlislik qilamiz!

By 02.08.2023No Comments

Ertaga Chendu Universiadasining taekvondo WT dasturi bo’yicha so’nggi yakkalik bahslari o’tkaziladi. Unda O’zbekiston terma jamoasining to’rt nafar vakili – Bexruzbek Isayev, Mavlonbek To’xtasinboyev, Sitora Ergasheva hamda Svetlana Osipova g’oliblik uchun kurashadi. Hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydi:

Bexruzbek Isayev – Napat Sritimongkol (Tailand)
Sitora Ergasheva – Dafine Ferreyra (Braziliya)
Svetlana Osipova – Yonji Jang (Koreya Respublikasi)
Mavlonbek To’xtasinboyev – Oluvatobi Daramola (Nigeriya).

P.S. Jang vaqtlari taxminan ko’rsatilgan, u boshqa janglarning qanchalik erta yoki kech tugashiga bevosita bog’liq hisoblanadi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston taekvondo WT terma jamoasi musobaqaning ortda qolgan uch kuni doirasida umumiy hisobda to’rtta kumush hamda bitta bronza medaliga ega chiqdi.