Skip to main content
Yangiliklar

Musobaqadagi ilk kunimizda ilk medal: Omonjon Otajonov Chengdu Universiadasi kumush medali sohibi!

By 31.07.2023No Comments

Xitoyda davom etayotgan XXXI yozgi Universiada o’yinlarida bugun taekvondo WT (kyorugi) bahslari start oldi. Quvonarlisi, musobaqada 54 kg vaznda ishtirok etgan o’zbekistonlik Omonjon Otajonov debyut ishtirokidayoq tajribali raqiblarini yengib, finalga qadar yetib keldi va kumush medalni qo’lga kiritdi!

Hamyurtimizga eronlik Mahdi Hajimusaynafutiga qarshi hal qiluvchi bahsda biroz omad yetishmadi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, yosh taekvondochimizni mazkur ajoyib natija bilan tabriklaymiz!

Ma’lumot o’rnida, bu O’zbekiston delegatsiyasi uchun Chendu Universiadasida qo’lga kiritilgan to’rtinchi medal bo’ldi.