Skip to main content
Yangiliklar

“Muju Gran-Pri Chellenji”ning ikkinchi kunida kimlar g’olib va sovrindorlikni qo’lga kiritgani ma’lum bo’ldi + FOTOGALEREYA

By 16.07.2023No Comments

Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo bo‘yicha 2023-yilgi Jahon Gran-Pri chellenji toifasiga kiruvchi musobaqasining ikkinchi kunidan o’rin olgan bellashuvlar bo’lib o’tdi.

Bugungi kun doirasida ayollar – 67, erkaklar esa -68 va – 80 kg vazn toifalarida g’oliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqaning ikkinchi kunida g’olib va sovrindor bo’lgan sportchilar ro’yxati:

Erkaklar o’rtasida – 68 kg vaznda:

1. Sang Ryeol Li (Koreya Respublikasi)
2. Kang Yeon Seo (Koreya Respublikasi)
3. Yonseok Jang (Koreya Respublikasi).

Ayollar o’rtasida – 67 kg vaznda:

1. Kristina Tichaut (AQSh)
2. Juy En Chang (Xitoy Taypeyi)
3. Tanya Su (Koreya Respublikasi).

Erkaklar o’rtasida – 80 kg vaznda:

1. Yu Jen Huang (Xitoy Taypeyi)
2. Juin Yu Hung (Xitoy Taypeyi)
3. Jek Vudi Merser (Tailand).

Eslatib o’tamiz, kecha, musobaqaning ilk kunida o’zbekistonlik Madina Mirabzalova – 57 kg vazn toifasida turnirning bronza medalini qo’lga kiritgan edi.