Shu kunlarda Koreya Respublikasining Seongnam shahrida “Seongnam World Taekwondo Hanmadang Championship 2023” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada Toshkent viloyati pumse terma jamoasi murabbiyi LAYLO MA’MUROVA ham Taekvondoning pumse yo’nalishida ishtirok etib , faxrli ikkinchi o’rinni qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz Laylo Ma’murovani ushbu g‘alaba bilan muborakbod etamiz va kelgusi ishlarida muvofakiyatlar tilaymiz.