-
Jahon chempionati sovrindori Akmal Ergashev Namanganga tashrif buyurdi.
PQ 337-sonli qarorini amalda bajarish maqsadida kuchli sportchi va murabbiylar bilan Namangan viloyati sportni rivojlantirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish harakatida.
Bo’lim raisi Xolmurod Nozimov tomonidan ko’p marotaba xalqaro musobaqalar g’olibi, Osiyo o’yinlari sovrindori, jahon chempionati kumush medali sohibi, 2008-2012 yilgi Yozgi Olimpiya o’yinlari ishtirokchisi Akmal Ergashev kutib olindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Taekvondo (WT)ni olimpiya sport turi sifatida ommalashtirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini yaxshilash, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini taʼminlash yuzasidan Namangan viloyatida xalqaro musobaqalarda yuqori natijaga erishish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda kelgusida Osiyo, Jahon va Olimpiya o’yinlarida namanganlik sportchilarning ishtiroki hamda sportchilarni qiziqtirgan boshqa savollarga javob berildi. Shuningdek, Akmal Ergashev sportchilarga faoliyatida omad tilab, ularning musobaqalardagi ishtirokiga oid maslahatlar berildi.