Skip to main content
Yangiliklar

O’zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi va Osiyo taekvondo kengashi prezidentining uchrashuvi bo’lib o’tdi.

By 17.07.2019February 17th, 2020No Comments

?16-iyul kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida Osiyo taekvondo kengashining Bosh assambleyasi doirasida O’zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov hamda Osiyo taekvondo kengashi prezidenti Kyu Seok Lining uchrashuvi tashkil etildi.

Unda tomonlar taekvondo sport turining Osiyo va O’zbekistondagi rivojlanishi masalasini muhokama qildilar.

?Shuningdek, Osiyo taekvondo kengashi prezidenti Italiyada o’tgan butunjahon universiada hamda Koreya respublikasidagi “Chuncheon Korea Open” va “Kimunyong Cup” ochiq turnirlarida o’zbek sportchilari ko’rsatgan yuqori natijalarni e’tirof etdi.