Skip to main content
Yangiliklar

24-iyul kuni Amman shahrida (Iordaniya) Taekvondo WT bo’yicha o’smirlar o’rtasida 10-Osiyo chempionati yakunlandi.

By 23.07.2019February 17th, 2020No Comments

O’zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo’lga kiritdi, bu esa terma jamoaning Osiyo chempionatidagi chiqishlari tarixidagi eng yaxshi natijadir. Ko’rsatilgan natijalar tanlangan yoshlar tayyorlash strategiyasining to’g’riligini isbotlaydi va milliy terma jamoaning ajoyib zaxirasiga egaligimizni ko’rsatadi.

Rashitov Ulug’bek – 55kg vazn toifasida g’olib
Joysunov Jasur – 68kg vazn toifasida g’olib
O’ktamov Azizjon- 48kg vazn toifasida kumush medal sovrindori-
Hamidullayev Abdulaziz – 63kg vazn toifasida o’smirlar o’rtasida bronza medali sovrindori
Mavlonov Marat – 78kg vazn toifasida o’smirlar o’rtasida bronza medali sovrindori
Sadikova Feruza – 63kg vazn toifasida bronza medali sovrindori
Sobirjonov Ozoda – 55kg vazn toifasida bronza medali sovrindori

Ta’kidlash joizki, O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Ulug’bek Rashitov mamlakatimiz tarixida ilk bor Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi mukofotiga sazovor bo’ldi.