Skip to main content
Yangiliklar

Taekwondoni ommalashtirish yo‘lida tashkil etilayotgan tadbirlar butun Respublikani qamrab oldi

By 05.07.2018July 7th, 2018No Comments

Xabaringiz bor, so‘nggi paytlarda Milliy olimpiya qo‘mitasi bir qancha sport federatsiyalari bilan birgalikda aholini sportga qiziqtirish maqsadida turli sport tadbirlarini tashkil etmoqda. Bu borada istirohat bog‘larida sport sayllari, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun master-klasslarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bunday tadbirlarni tashkil qilishda taekwondo WT assotsiatsiyasi ancha faol.

Taekwondo mutaxassislari sportning ushbu turini ommalashtirish yo‘lida Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanigacha borishdi. U yerda yangi nomlarni saralab olish maqsadida turnir o‘tkazildi. Ko‘rgazmali chiqishlar esa vodiyda tashkil qilindi. Namangan shahri va Farg‘onaning Rishton tumanidagi istirohat bog‘larida tashrif buyuruvchilar uchun taevondo sayli tashkil etib berildi. Unda viloyatning yetakchi yosh sportchilari ko‘rgazmali chiqishlar qilib, o‘z mahoratlarini namoyish etib berishdi.