Skip to main content
Pumse

Pumse haqida

By 04.07.2018July 13th, 2018No Comments

2014 yil 25-28 may kunlari “O‘zbekiston” sport majmuasida XXI qit’a chempionati va “Pumse” bo‘yicha III Osiyo chempionati o‘tkazildi. Musobaqalarda qit’amizning o‘ttizdan ziyod mamlakatidan 400 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi. “Pumse” – taekvondoning WT yo‘nalishidagi kompleks mashqlardir. U sportchining o‘z tanasini chiniqtirishi, hujum va himoya harakatlarini takomillashtirishi, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini muntazam oshirishiga xizmat qiladigan muhim vosita.

Musobaqaning “Pumse” bahslarida munosib ishtirok etgan hamyurtlarimiz faxriylar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi bahslarda ikkita oltin va yettita bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Ular o‘tgan davr ichida ham Pumse terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Ni boshchiligida bir nechta xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelayotganini ta’kidlab o‘tish lozim.