Skip to main content
Yangiliklar

O‘zbek taekwondo WT yulduzlari arafa kuni savobli ishga qo‘l urishdi

By 05.07.2018July 11th, 2018No Comments

Barchamizga ma’lumki, o‘zbek xalqi azal-azaldan islom olamining muqaddas bayramlarida o‘zining sahiylik, bag‘rikenglik va insonparvarlik hislatlarini namoyon etib kelgan. Bugun, 14 iyun kuni muqaddas Iydu Ramazon bayrami arafasida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va taekwondo WT assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tadbir tashkil qilindi. Unda o‘zbek taekwondosi yulduzlari Jasur Boyqo‘ziyev, Nikita Rafalovich, Dmitriy Shokin, Niyoz Po‘latov, Nigora Tursunqulova, Svetlana Osipova va terma jamoamizning boshqa a’zolari bosh murabbiy Akmal Ergashev va Taekvondo WT assotsiatsiyasi rahbarlari bilan birga poytaxtimizdagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun 2-son internat uyida mehmon bo‘lishdi. Sportchilar tadbirida ishtirok etib, bolajonlar uchun o‘ziga xos bayram uyushtirib berishdi.

Estradamiz yulduzlari Farrux Komilov hamda “Afro‘z” guruhi ham o‘z chiqishlari bilan bayramga o‘zgacha kayfiyat bahsh etishdi. Tadbir davomida maxsus-internat tarbiyalanuvchilariga o‘yin-kulgi uyushtirib berildi, turli sovg‘alar taqdim etildi. Albatta, mana shunday muqaddas kunlarda e’tiborga muhtojlarning holidan xabar olish o‘zbek xalqining olijanob hislatlaridan hisoblanadi. Shunday ekan, tashkil etilgan ushbu tadbir ham savob, ham ushbu ezgu ishlarni amalga oshirish yo‘lida o‘ziga hos namuna vazifasini bajarib berganligini qayd etib o‘tishimiz lozim.