Skip to main content
Pumse

ATU mutaxassislari Toshkentda

By 04.07.2018No Comments

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasiga Osiyo taekvondo uyushmasining (Asian Taekwondo Unioin – ATU) marketing bo‘limi boshlig‘i Chung Byong Gi, professor Chong Te Song, murabbiy Yun Su Xan, yo‘riqchilar Yong Xun Xan va Sang Xi Xanlar tashrif buyurishgan. Ular shu kunlarda harakatlar, zarbalar, tezkorligi takomillashtirilgan yangi pumse qoidalarini targ‘ib etishmoqda. Yangi yo‘nalish kyorugi, pumse va ko‘rgazmali pumse yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan.

4 kun davom etadigan seminarda respublikamizning barcha hududlaridan murabbiy va hakamlar ishtirok etishyapti. New Poomsae bo‘yicha ilk chiqishlar kelgusi yili Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘tkaziladi. Seminar yakunida ishtirok etgan mutaxassislarga diplomlarni 11-13 avgust kunlari poytaxtimizda o‘tadigan 1-st President`s Cup xalqaro turniriga tashrif buyuradigan ATU prezidenti Li Kyu Sok topshiradi.