Skip to main content
Yangiliklar

Parataekvondo Osiyo Chempionatida sportchilarimizdan to‘rtta medal!

By 24.05.2018July 3rd, 2018No Comments

Vyetnamda taekvondo va parataekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilishi haqida xabar qilgandik.

Bugun musobaqada parataekvondochilar o‘z omadini sinab ko‘rishdi. Kun yakuniga ko‘ra, sportchilarimiz ikkita oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Oltin:

  • K42/75kg: Farhodjon Mamaziyoyev
  • K44/58kg: Guljanoy Naimova

Kumush:

  • K42/61kg: Sanjarbek Muxtorov

Bronza:

  • K44/49kg: Ziyodaxon Isoqova

Qayd etib o‘tish lozimki, +58kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritish bilan birga, musobaqaning eng yaxshi sportchisi sifatida e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, Taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionatiga 26 may kuni start beriladi.