28-29 aprel kunlari Guliston shahrida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Olimpiya kelajagi” musobaqalarining navbatdagi hududiy bosqich bellashuvlari yakunlandi.
Unda 1-o‘rinni Toshkent shahri vakillari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin jizzaxlik taekvondo ustalariga nasib etdi. 3-o‘rinlarni Sirdaryo va Samarqand viloyatlari sportchilari egallashdi.
Eslatib o‘tamiz, 21-22 aprel kunlari Farg‘ona shahrida vodiy viloyatlari bo‘yicha hududiy bosqich o‘tkazilib, mezbonlar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.