Skip to main content
Yangiliklar

Bugungi bahslar bilan tanishing

By 11.04.2018July 3rd, 2018No Comments

Tunisning Hammamet shahrida davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugun o‘g‘il bolalar -59, -63, qizlar -52, -55 kg toifalarida bahs olib borishadi. -59 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Daniil Morozov ruminiyalik Tudor Kondreyaga qarshi ilk jangini olib borsa, -63 kg vaznda Jasurbek Jaysunov ikkinchi bosqichda bellashuvlarga kirishadi.

-52 kg vaznda Ozoda Sobirjonova eronlik Kosar Asaseh to‘sig‘idan o‘tishi talab etilsa, -55 kg vaznda Durdonaxon Abdulhayeva koreyalik Sun-Kyong Bayek bilan hisob-kitob qilishiga to‘g‘ri keladi. Sportchilarimizga omad tilaymiz.